Uzun tumani hokimligi
ShHTdagi tashabbuslar mintaqada iqtisodiy rivojlanish va barqarorlik kafolati.

Ma’lumki 2021 yil 16-17 sentabr kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbeda Shanxay hamkorlik tashkilotining navbatdagi videokonferensiya shaklidagi Sammiti tashkil etildi. Mazkur sammitda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etdi. Prezident tomonidan Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator dolzarb tashabbuslar va progressiv g‘oyalar ilgari surildi.

Dushanbeda bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorligi tashkilotida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Afg‘oniston borasida o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish hamda axborot xavfsizligini kuchaytirishni haqida gapirar ekan, ShHT doirasida quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishni taklif qildi.

Afg‘onistondagi vaziyat bo‘yicha:

▫️ o‘zaro kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqish;

▫️ yangi hukumat bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish;

▫️ Afg‘oniston jamiyatining barcha qatlam va guruhlari vakillari davlat boshqaruvida bo‘lishi juda muhim;

▫️ hududda ekstremizm va radikal g‘oyalar o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik;

▫️ Afg‘oniston hududidan uchinchi mamlakatlarga xavf solishga yo‘l qo‘ymaslik;

▫️ inson huquqlari, ayollar huquqlarini ta’minlash;

▫️ ijtimoiy muammolarni hal qilish;

▫️ xorijiy banklardagi Afg‘oniston davlat aktivlarini blokdan chiqarish;

▫️ doimiy ravishda «ShHT-Afg‘oniston» formatida yuqori darajali uchrashuvlari o‘tkazish;

▫️ Birinchi sammitni Toshkentda o‘tkazish.

Afg‘onistondagi tinchlik va barqarorlik bo‘yicha Prezidentning yuqoridagi takliflardan ham ko‘rishimiz mumkinki, O‘zbekiston Afg‘onistonda tinlik o‘rnatilishidan manfaatdordir.

Afg‘onistondagi tinchlik va barqarorlik avvalambor afg‘on xalqi, mintaqadagi boshqa davlatlar uchun qolaversa O‘zbekiston uchun ham katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Masalan:

  • Markaziy osiyo mintaqasi siyosiy va xavfsizlik nuqtai nazaridan barqarorlashadi;
  • Barqaror va tinchlik kafolatlangan har bir davlatni investitsion jozibadorligi yanada oshadi;
  • O‘zbekiston nisbatan arzon bo‘lgan dengiz va okean savdo portlari orqali jahon bozoriga chiqish masofasi 2 martaga qisqaradi va osonlashadi;
  • O‘zbekiston uchun Afg‘oniston kabi yirik is’temol bozori vujudga keladi;
  • O‘zbekiston Afg‘oniston orqali Pokiston, Hindiston, Eron umuman Janubiy, Janubiy-sharqiy osiyo va Sharqiy osiyo mamlakatlari chiqish imkoniyati paydo bo‘ladi;
  • Buyuk ipak yo‘lini janubiy tarmog‘i qayta tiklanadi va O‘zbekiston shimol va janubni bog‘laydigan asosiy tranzit va savdo tarmog‘i o‘tadigan asosiy davlat bo‘lib qoladi.

Yuqoridagi faktorlar bugungi kunda mamlakatimizni tashqi iqtisodiy, geosiyosiy xavfsizlik va barqarorlik  borasidagi milliy manfaatlarni va maqsadlarini to‘liq qanoatlantira oladi.

Bundan tashqari  2021-22 yillar ShHT raisligi O‘zbekistonga o‘tadi. Shuningdek Davlat rahbari sammit davomida tashkilotning kelgusidagi faoliyatini yanada rivolantirish bo‘yicha quydagi strategik taklif va tashabbuslarini ilgari surdi.   

ShHTning istiqbollari bo‘yicha:

  1. ShHT obro‘yi va potensialini oshirib borish muhim. Kelajak 5 yilga mo‘ljallangan yaxshi qo‘shnichilik va hamkorlik kompleks dasturini tuzish.
  2. ShHT hududida ichki savdoni yo‘lga qo‘yish. Uning ichiga savdo to‘siqlarini olib tashlash bo‘yicha birgalikda qabul qilingan choralar kiritiladi. Texnik reglamentlar va bojxona jarayonlarini umumlashtirish.
  3. ShHT sanoat kooperatsiya dasturini qabul qilish. Davlatlarda industrial kooperatsiya markazlari tashkil qilish. Kelgusi yilda ShHTning iqtisodiy forumi va innovatsiyalar haftaligi o‘tkazishga O‘zbekiston tayyor.
  4. Transport aloqalari bo‘yicha ShHT strategiyasini qabul qilish. ShHT davlatlarining transport potensialini hamda «Sharq - G‘arb» va «Shimol - Janub» transport koridorlari samaradorligini oshiradi. Energetika kommunikatsiya va «Yashil taraqqiyot» sohalarida ShHTning uzoq muddatli infratuzilma loyihalarini qabul qilish.
  5. ShHT doirasida kambag‘allikni qisqartirish va oziq-ovqat muammolariga bag‘ishlangan vazirlar darajasida doimiy uchrashuvlar o‘tkazish.
  6. ShHT hududida tinchlik va totuvlikni ta’minlash. Buning uchun ShHT RATS imkoniyatlaridan keng foydalanish.
  7. ShHTning kiber xavfsizlik bo‘yicha ekspertlar forumi tashkil qilish.
  8. ShHT doirasida madaniyat, sport, turizm sohalarida va hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish.
  9. Sog‘liqni saqlash sohasida infeksion kasalliklarni profilaktika qilish va davolash borasida birgalikda yo‘l xaritasi qabul qilish. O‘zaro vaksinalar sertifikatlarni tan olish.

Umuman olganda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning Shanxay Sammitidagi ishtiroki ham anjumanda bildirilgan takliflari nafaqat mamlakatimizdagi yoki mintaqada balki global miqyosdagi tinchlik va barqarorlik uchun  konstruktiv ahamiyat kasb etadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy

 Majlisi Senati a’zosi, senator         

 A.SANGINOV

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси