Uzun tumani hokimligi
Fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi

Bugun, 15-fevral kuni tumandagi "Chaqar" MFY fuqarolari uchun sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul tuman hokimi Xabibulla Bozorov boshchiligida, tuman hokimining sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida o'tkazildi.

Qabul davomida, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash ichimlik suvi, ijtimoiy himoya, yo'llarni ta'mirlash kabi masalalarda murojaat qilib kelgan 30 nafarga yaqin fuqarolarning masalalari ko‘rib chiqildi.

Har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси