Uzun tumani hokimligi
KICHIK SANOAT ZONALARI: QULAY BIZNES MUHITINI YARATISH VA HUDUDNI RIVOJLANTIRISHDA MUHIM OMIL SANALADI

Dunyo sanoat xaritasiga teranroq nazar tashlasak, zamonaviy texnologiyalar asosiga qurilgan tayyor mahsulot ishlab chiqarish quvvatlari rivojlangan hududlar taraqqiyot tizginining haqiqiy egalari bo‘layotganiga guvoh bo‘lamiz. Bugun Uzun tumani hokimining o‘rinbosari – tuman investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i B.Komiljonov boshchiligidagi bir guruh mas'ullar "Istiqlol" MFY hududidagi kichik sanoat zonasida bo'lib, manzildagi qizg'in ish jarayonlari bilan tanishdilar.

Uzun tumanida jami 14,6 gektar maydonlarda 3 ta Kichik va 1 ta Yoshlar sanoat zonasi tashkil qilingan. Shulardan "Istiqlol" MFYdagi kichik sanoat zonasi har tomonlama qulay infratuzilmaga ega 5 gektar maydonda joylashgan bo’lib 22 ta lotdan iborat. Kichik sanoat zona hududida ayni vaqtda quyosh panellarini o’rnatish ishlari davom etmoqda. Agar mazkur loyiha yakunlansa qo’shimcha 1 soatda 2000 kVt muqobil energiya ishlab chiqarishga erishiladi va kichik sanoat zonasi hamda 600 tadan ortiq xonadon elektr energiya bilan ta’minlanadi.

Bu o‘rinda bir tomondan kichik ishlab chiqaruvchilarning zarur infrastrukturaga ega ishlab chiqarish maydonlari bilan ta’minlanishi, boshqa tomondan ular o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasining chuqurlashuviga xizmat qilayotgan kichik sanoat zonalarining ahamiyati tobora ortib borayotganini qayd etish joiz.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
2 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси