Uzun tumani hokimligi
Xorijiy investorlar Uzun tumanida

Mamlakatimizda qulay investitsiya muhitini yaratish, xorijiy investorlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun imkoniyatlarni kengaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Natijada xorijiy sarmoyadorlarning mamlakatimizga bo‘lgan qiziqishi ortib, hamkorlikdagi yirik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha sa’y-harakatlar ko‘lami kengayib bormoqda. Bugun har bir hududda xorijiy investorlar bilan hamkorlikda turli yo‘nalishdagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yo‘lga qo‘yilgani fikrimizga dalil bo‘ladi.

Uzun tumaniga Rossiya davlatidan 26 yillik tajribaga ega bo'lgan "ХИМПЭК" kompaniyasi vakillari tashrif buyurdi. Kompaniya yirik sanoat yuklari uchun katta hajmli polimer qadoqlash qoplari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Xorijiy investorlar Uzun tumanida ham ushbu faoliyatni yo'lga qo'yish maqsadida tumandagi biznesga qulay bo'lgan bir nechta obektlarning sharoiti bilan tanishdilar. Mazkur polimer qadoqlash qoplari ishlab chiqarish korxonasi tumanimizda ishga tushirilsa 500ga yaqin yangi ish o’rinlari yaratiladi.

Ta’kidlash joizki, bu kabi loyihalarning amalga oshirilishi aholini ish bilan ta’minlash imkoniyatini yaratadi, yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga hissa qo‘shadi.

Izoh qoldirish

Ro`yxatdan o`tish
1 ta foydalanuvchi hozir saytda
Sayt haqida firingiz?

Ўзбекистон Республикаси герби    Ўзбекистон Республикаси байроғи   Ўзбекистон Республикаси мадҳияси